Img
31-Mart, 2026-yil

JizPI yosh olimi xalqaro ilmiy maktabda!

Jizzax politexnika instituti Muhandislik kommunikatsiyalari kafedrasi assistenti Abdukarimov Javohir Rossiyaning Rossiya Fanlar Akademiyasi Karel ilmiy markazi tomonidan tashkil etilgan 📚 “Global iqlim o‘zgarishining suv tizimlariga ta’sirini o‘rganish” mavzusidagi xalqaro yoshlar maktab-amaliyotida faol ishtirok etdi.

📍Tadbir Petrozavodsk shahrida bo‘lib o‘tdi va unda Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Armaniston, O‘zbekiston, Tojikiston hamda Rossiyaning turli hududlaridan yosh olimlar qatnashdi.

🎯 Tadbirning asosiy maqsadi — global iqlim o‘zgarishlari sharoitida suv ekotizimlarini o‘rganish, zamonaviy ilmiy yondashuvlarni o‘zlashtirish va yosh tadqiqotchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

🔬Dastur davomida ishtirokchilar:
— suv ekotizimlarini tadqiq qilishning zamonaviy usullari
— laboratoriya tajribalari
— xalqaro ekspertlar bilan ilmiy almashinuv

bo‘yicha bilim va tajriba orttirdilar.

🏫 Shuningdek, ular ilg‘or ilmiy laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, zamonaviy uskunalarda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

💡 Ushbu ishtirok JizPI yosh olimlarining xalqaro ilmiy maydondagi faolligini yana bir bor tasdiqlaydi.

🚀 JizPI – ilm, innovatsiya va yoshlar rivoji yo‘lida!

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3