🤖 Xabar berganimizdek, “Muhandislik oyligi” doirasida institutda sun’iy intellekt, robototexnika, dronlar hamda kiberxavfsizlik kabi ixtirochilik yo‘nalishlarini qamrab olgan, umumiy mukofot jamg‘armasi 100 million so‘mni tashkil etuvchi “Oliygoh kubogi” tanlovi tashkil etilgan edi.
📆 2026-yil 1-aprel kuni mazkur tanlovning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi (https://t.me/jizpi_online/55593). Ochilish marosimida institut rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov so‘zga chiqib, tanlovni rasman ochib berdi hamda barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
🏆 Tanlov dasturiga muvofiq, bugun tanlovning birinchi kuni bo‘lib, unda “Kiberxavfsizlik” va “Sun’iy intellekt” yo‘nalishlari bo‘yicha ishtirokchilar o‘zaro kuch sinashdilar.
ℹ️ Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha yakuniy natijalar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar alohida e’lon qilinadi.