Jizzax politexnika institutida bitiruvchilar bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.
Unda Jizzax viloyati Bojxona boshqarmasi xodimlar bo‘limi boshlig‘i Xusniddin Eshquvvatov, Jizzax politexnika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Maqsud Ochilov va 4-bosqich “Menejment”, “Buxgalteriya hisobi va audit” hamda texnika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar qatnashdi.
Tadbir davomida talabalarni ishga qabul qilish tartibi, bojxona organlaridagi xizmat faoliyati hamda mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, uchrashuv yakunida bitiruvchilar bilan yakka tartibdagi suhbatlar o‘tkazildi.