Prezidentimiz tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika instituti Transport muhandisligi fakultetida talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori J. Abdunazarov, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i A. Mustafoqulov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i M. Eshqulov, Transport muhandisligi fakulteti dekani M. Mirzabekov, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida yurtboshimiz tomonidan oliy ta’lim va ilm-fan sohasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar mazmun-mohiyati tushuntirilib, ta’lim tizimidagi islohotlar, ilmiy-innovatsion yangiliklar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, ilmiy faoliyat, xalqaro hamkorlik hamda iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan ham ma’lumotlar taqdim etildi.
Uchrashuv yakunida talaba-yoshlarning savollariga batafsil va tushunarli javoblar berildi.