Img
3-Aprel, 2026-yil

“Oliygoh kubogi” tanlovi davom etmoqda!

Jizzax politexnika instituti “Muhandislik oyligi” doirasida institutda sun’iy intellekt, robototexnika, dronlar hamda kiberxavfsizlik kabi ixtirochilik yo‘nalishlarini qamrab olgan, umumiy mukofot jamg‘armasi 100 million so‘mni tashkil etuvchi “Oliygoh kubogi” tanlovi tashkil etilgan edi (https://t.me/jizpi_online/55445).

🗓 2026-yil 1-aprel kuni mazkur tanlovning tantanali ochilish marosimi hamda ikki yo‘nalish bo‘yicha dastlabki musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

🗓  Bugun, 3-aprel kuni tanlov dasturiga muvofiq ikkinchi kun musobaqalari “3D modellashtirish” yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi.

👥 Mazkur musobaqada 25 ta jamoada jami 100 nafar talaba ishtirok etdi.

🏆 “Oliygoh kubogi” tanlovining “3D modellashtirish” yo‘nalishidagi “Eng yaxshi konstruksiya” musobaqasi shartlari:

🔹 1. Musobaqaning maqsadi
Ishtirokchilarning sun’iy inshootlar (ko‘priklar)ning yuk ko‘taruvchi asosini tahlil qilish, real vaqt rejimida model yaratish hamda ijodiy va texnik ko‘nikmalarini baholash.

🔹 2. Ishtirokchilar yoshi
17–30 yosh.

🔹 3. Maketga qo‘yiladigan talablar:
• Maket to‘liq tashkilotchilar tomonidan taqdim etilgan detallar yordamida yasalgan bo‘lishi shart.
• Ko‘prik o‘lchami — bo‘yi 40 sm, eni 9 smdan kam bo‘lmasligi lozim.
• Konstruksiyada karkas va to‘suvchi elementlar albatta ishlatilgan bo‘lishi kerak.
• Sun’iy inshoot mavzuga mos holda aniq konstruktiv yechimga ega bo‘lishi talab etiladi.

🔹 4. Musobaqa maydoni
Maydon ikki qism asosida tashkil etiladi. Ishtirokchilar tomonidan yaratilgan ko‘prik modeli belgilangan joyda ketma-ket bir xil yuk qo‘yish orqali sinovdan o‘tkaziladi.

🔹 5. Foydalaniladigan materiallar:
• Fomeks
• Qalam
• Pichoqcha
• Qaychi
• Chizg‘ich (metall yoki yog‘och)
• Muzqaymoq cho‘pchalari
• Gugurt cho‘plari
• PVA yelim
• Super yelim
• Boshqa qo‘shimcha materiallar (hakamlarga zid bo‘lmagan holda)

🔹 6. G‘oliblarni aniqlash
Eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchi g‘olib deb topiladi. Ballar teng bo‘lgan taqdirda, vazifani eng tez bajargan ishtirokchi ustunlikka ega bo‘ladi.

🥇 Musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin — 4-jamoa (69 ball);
2-o‘rin — 11-jamoa (63 ball);
3-o‘rin — 21-jamoa (59 ball).

📌 Tanlovning 3-kuni 8-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3