Img
4-Aprel, 2026-yil

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan tantanali saf yurishi bo‘lib o‘tdi

Bugun erta tongda Jizzax shahridagi Davlat xizmatlari markazi oldidada Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan tantanali saf yurishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur saf yurishida Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.

Xususan, Amir Temur tavalludi kabi tarixiy sanalar munosabati bilan o‘tkaziladigan saf yurishlari nafaqat hurmat ifodasi, balki yosh avlodni milliy qadriyatlar, tarixiy meros va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Bunday tadbirlar davomida ishtirokchilar buyuk ajdodlarimizning hayoti va faoliyati haqida eslab, ularning ibratli yo‘lidan ruhiy kuch oladilar.

Shuningdek, saf yurishlari jamiyatda birdamlikni mustahkamlash, fuqarolarning faolligini oshirish va muhim sanalarni keng nishonlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3