Jizzax politexnika instituti huzuridagi PhD.03/30.06.2020. T.115.01 raqamli ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashning navbatdagi majlisida t.f.n., prof. T.A.Ochilov rahbarligida bajargan Yodgorova Hilola Isroilovna “Maxsus kiyimbop tо‘qima uchun ip ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida 05.06.02- “Toʻqimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi hamda t.f.d., prof. S.Sh.Tashpulatov rahbarligida bajargan Norbayeva Ra’noxon Xoljigit qizining “Tabiiy tolalardan olingan tikuv iplariga mustaxkamlik xususiyatini berish usulini ishlab chiqish” mavzusida 05.06.02- “Toʻqimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyalari boʻlib oʻtdi. Rahbariyatimiz va jamoamiz nomidan Yodgorova Hilola Isroilovna hamda Norbayeva Ra’noxon Xoljigit qizini muvaffaqiyatli himoyalari bilan tabriklaymiz, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz.