Bugun, 7-aprel kuni Jizzax shahrida “Talaba — yugur” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Mazkur tadbirda Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlari institut rahbariyati boshchiligida faol ishtirok etdilar.
Musobaqada viloyatdagi oliy va professional ta’lim muassasalari talabalari, professor-o‘qituvchilari, umumta’lim maktablari o‘quvchilari hamda ko‘plab sport ixlosmandlari va ko‘ngillilar qatnashdilar.
Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Ishtirokchilar orasida sportga bo‘lgan qiziqish, sog‘lom turmush tarziga intilish hamda do‘stona raqobat muhiti yaqqol namoyon bo‘ldi.
“Talaba — yugur” musobaqasi yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sportni hayotning ajralmas qismiga aylantirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.