Img
8-Aprel, 2026-yil

Hamkorlik sari muhim qadam

Toshkent shahar Shayxontohur tumani texnikumi direktor o‘rinbosari muhandislik maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida maktabning mavjud imkoniyatlari, zamonaviy o‘quv jarayoni hamda talabalarning bilim va ko‘nikmalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, muhandislik maktabida zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish va malaka oshirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tirof etildi. Tomonlar o‘rtasida dastlabki hamkorlik kelishuvlariga erishilib, kelgusida texnikum talabalari uchun “Akademik mobillik” dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur uchrashuv ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3