2026-yil 8-aprel kuni Jizzax politexnika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 7-aprel kuni o‘tkazilgan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mazkur yig‘ilish institut rektori A. Usmankulov raisligida tashkil etilib, unda institut rahbariyati hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Dastlab, institut rektori Jismoniy tarbiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Shundan so‘ng soha prorektorlari, barcha fakultet dekanlari hamda matbuot xizmati xodimlari bilan alohida muloqot olib borildi.
Yig‘ilish davomida videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilinib, ularni institut miqyosida samarali amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, talabalar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, sport to‘garaklari faoliyatini yanada rivojlantirish hamda mavjud sport infratuzilmasidan samarali foydalanish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, mavjud holat tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi talabalar sonini oshirish hamda bu borada tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda hafta kunlari kesimida fakultetlar va bo‘limlar o‘rtasida sport mashg‘ulotlarini tashkil etish tartibi belgilab berildi. Shuningdek, rektor boshchiligida barcha xodimlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash zarurligi alohida qayd etildi.