Img
9-Aprel, 2026-yil

Jizzax politexnika institutida “Oliygoh kubogi” tanlovi o‘tkazildi

Jizzax politexnika institutida “Muhandislik oyligi” doirasida sun’iy intellekt, robototexnika, dronlar hamda kiberxavfsizlik kabi ixtirochilik yo‘nalishlarini qamrab olgan, umumiy mukofot jamg‘armasi 100 million so‘mni tashkil etuvchi “Oliygoh kubogi” tanlovi tashkil etildi.

🗓 2026-yil 1-aprel kuni mazkur tanlovning tantanali ochilish marosimi o‘tkazilib, ikki yo‘nalish bo‘yicha dastlabki musobaqalarga start berildi .

🗓 2026-yil 3-aprel kuni tanlov dasturiga muvofiq musobaqalar “3D modellashtirish” yo‘nalishi bo‘yicha davom ettirildi.

🗓 2026-yil 8-aprel kuni esa “Dron loyihalash”, “Topshiriq bajaruvchi robot” hamda “Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnikalar” yo‘nalishlari bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirlar yoshlarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ularning real loyihalar ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, dron loyihalash va robototexnika yo‘nalishlari talaba-yoshlarning texnik sohalarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi. Har bir loyiha zamonaviy muammolarga yechim taklif etishi, amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi hamda innovatsion yondashuvlar asosida ishlab chiqilgani bilan baholandi.

🏆 Tanlov yakunlariga ko‘ra, har bir yo‘nalish bo‘yicha ishtirokchi jamoalar orasidan g‘oliblar aniqlandi:
🥉 3-o‘rin — 3 million so‘m
🥈 2-o‘rin — 5 million so‘m
🥇 1-o‘rin — 8 million so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar respublika bosqichida o‘tkaziladigan “Vazir kubogi” tanlovida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3