Joriy yilning 7-aprel kuni Davlatimiz rahbari raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika institutida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, institutda fakultetlar kesimida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari orqali ularning salomatligini mustahkamlashga ko‘maklashish maqsadida reja-grafik ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra, fakultetlar hamda bo‘limlar hafta kunlariga taqsimlandi.
Endilikda institut hududi har kuni sport bilan shug‘ullanuvchi xodimlar bilan yanada gavjum bo‘lmoqda.
Mazkur tadbir professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar tomonidan iliq kutib olinib, dastlabki mashqlardan so‘ng ular sport turlari bo‘yicha guruhlarga bo‘linib, mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.