2024-yil 13-sentyabr kuni Jizzax politexnika institutida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Eshbekova, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi D.Qurbonova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i I.Islamov, Jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri X.Abduvaliyev, institut matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi J.Tulakov, fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari, tyutorlar, yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi hamda koordinatorlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda yakunlangan o‘quv yili sarhisob qilindi, istiqboldagi rejalar belgilab olindi. Jumladan, dastlab yakunlangan o‘quv yili davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi va mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, joriy o‘quv yilida amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, talabalarning talabalar turar joyi hamda ijara xonadonlariga joylashganligi, sport bilan doimo hamnafas bo'lish maqsadida tashkil etilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining olib borilish tartibi to‘g‘risida va boshqa muhim masalalar yuzasidan kelishib olindi. Mas’ullarning axboroti tinglanib, ularga kerakli topshiriqlar yuklatildi.