Img
13-Aprel, 2026-yil

Professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida tashkil etilgan sport mashg‘ulotlari davom etmoqda

Joriy yilning 7-aprel kuni Davlatimiz rahbari raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika institutida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, institutda fakultetlar kesimida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari orqali ularning salomatligini mustahkamlashga ko‘maklashish maqsadida reja-grafik ishlab chiqildi.

Bugun sport mashg‘ulotlari Transport muhandisligi fakultetiga qarashli kafedra professor-o‘qituvchilari, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi, Magistratura bo‘limi hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi xodimlari ishtirokida tashkil etildi.

Bunday sport mashg‘ulotlari jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, xodimlarning jismoniy faolligi hamda ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3