Img
20-Aprel, 2026-yil

JizPI vakillari xalqaro seminar-treningda ishtirok etdi

14-aprel kuni Toshkent shahridagi Hilton mehmonxonasida Association of MBAs & Business Graduates Association – AMBA & BGA (Biznes boshqaruvi hamda menejment va Biznes ta’lim yo‘nalishi assotsiatsiyasi) bilan hamkorlikda “O‘zbekiston oliy ta’limida sifatni ta’minlashni mustahkamlash: AMBA & BGA tajribalari” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

🔹 Seminarda oliy ta’lim tashkilotlari rahbar vakillari va ta’lim sifatini ta’minlashga mas’ul xodimlar hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

✅Mazkur seminarda Jizzax politexnika instituti vakillari ham ishtirok etdi.

🗣Seminar doirasida ishtirokchilar xalqaro ekspertlar bilan bevosita muloqot qilish hamda biznes ta’limidagi so‘nggi o‘zgarishlar va talablar haqida fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

🗣Xususan, AMBA & BGA’ning yetakchi mutaxassislari – Debbie Kemp, Richard Turner kabi ekspertlar o‘z taqdimotlari bilan qatnashib, interaktiv savol-javoblar, davra suhbatlari va muhokamalar o‘tkazdi.

🗣Ta'kidlash joizki, ushbu jarayon O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining xalqaro darajada e’tirof etilishida muhim qadamlardan biri bo'ldi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3