Img
20-Aprel, 2026-yil

Samarqandga sayohat tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi PQ-46-son qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 12-martdagi 1-son Hay’at yig‘ilishi 4a-3-bandida belgilangan “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida respublika boʻylab sayohatlarni tashkil etish vazifalari ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika instituti xodimlari hamda talabalari uchun Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi.

Tashrif davomida ishtirokchilar quyidagi tarixiy va diqqatga sazovor maskanlarda bo‘lishdi:

🔹 Imom al-Buxoriy majmuasi
🔹 Goʻri Amir maqbarasi
🔹 Registon maydoni
🔹 Islom Karimov haykali
🔹 Bibixonim masjidi
🔹 Islom Karimov maqbarasi
🔹 Shohi Zinda majmuasi
🔹 Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi
🔹 Samarqand City majmuasi

Sayohat davomida ishtirokchilar tarixiy obidalar, ularning yaratilish tarixi, me’moriy yechimlari hamda ularning bugungi kundagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, bu kabi tashriflar yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, milliy g‘urur va iftixor hissini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ko‘p asrlik tarixni o‘zida mujassam etgan betakror me’moriy obidalar ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3