Bugun institutimizga Karamanoğlu Mehmetbey Üniversitesidan delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni institut jamoasi iliq kutib oldi.
Uchrashuv davomida Jizzax politexnika instituti va hamkor universitet o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar qo‘shma ta’lim dasturlari, akademik almashinuv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.
Rasmiy uchrashuvdan so‘ng mehmonlar Avtomobilsozlik muhandisligi maktabi hamda Muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markaziga tashrif buyurib, mavjud infratuzilma va olib borilayotgan ilmiy ishlanmalar bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur tashrif ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.