Jizzax politexnika institutida “Transport va logistika sohalariga sun’iy intellektni qo‘llash: muammolar va imkoniyatlar” mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-texnik anjumani bo‘lib o‘tdi.
Mazkur anjuman transport va logistika tizimlarida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, sohadagi dolzarb muammolarni tahlil qilish hamda ularning samarali yechimlarini ishlab chiqishga qaratildi
Tadbirda yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislari hamda talaba-yoshlar ishtirok etib, o‘z ilmiy ishlari, innovatsion g‘oyalari va takliflari bilan faol qatnashdilar
Anjuman doirasida sun’iy intellekt asosida transport jarayonlarini optimallashtirish, logistika tizimlarining samaradorligini oshirish hamda raqamli texnologiyalarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi