Jizzax politexnika instituti Sanoat texnologiyalari fakulteti xodimlari hamda talaba-yoshlardan iborat jamoaning Toshkent shahriga sayohati tashkil etildi.
Tashrif davomida jamoa Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur tashrif yurtimizda asrlar davomida shakllangan boy ilmiy va ma’naviy merosni chuqurroq anglash, uni zamonaviy ta’lim jarayoniga uyg‘unlashtirish hamda milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Ishtirokchilar markazning boy ekspozitsiyasi bilan yaqindan tanishib, unda namoyish etilgan noyob qo‘lyozmalar, tarixiy manbalar hamda ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shgan allomalar merosi orqali islom sivilizatsiyasining beqiyos o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Ayniqsa, Qur’on qo‘lyozmalari, qadimiy kitoblar va interaktiv ko‘rgazmalar orqali taqdim etilgan materiallar tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirib, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.
Tashrif yakunida jamoa Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Magic City, Ice City hamda Dream Park maskanlariga ham tashrif buyurdi.