Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
16.09.2024

“Yoshlarni ekstremizm g‘oyalaridan asrash – barqarorlik omili!”

Energetika muhandisligi hamda Transport muhandisligi fakultetlari talaba-yoshlari ishtirokidagi tadbir shunday nomlandi. Tadbirga Jizzax viloyat IIB terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi tezkor vakili podpolkovnik R.Eshmurodov, Jizzax viloyat IIB terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi tezkor vakili Z.Hojimetov taklif etildi. Tadbirni Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova ochib, yoshlardagi ma’naviy bo‘shliqni ilmu-ma’rifat bilan to‘ldirish, ularni turli yot g‘oyalar tajovuzidan himoyalashda o‘z Vataniga bo‘lgan muhabbat va daxldorlik hissini yanada rivojlantirish, buyuk tariximizni, milliy urf-odatlarimizni yoshlar qalbiga doimiy singdirib borish zarurligini ta’kidladi. Shundan so‘ng so‘zga Jizzax viloyat IIB terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi tezkor vakili podpolkovnik R.Eshmurodov chiqib, giyohvandlik to‘g‘risida maʼlumot berib o‘tdi. Shundan so‘ng so‘zga Jizzax viloyat IIB terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi tezkor vakili Z.Hojimetov chiqdi. U o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasining 05.07.2021-yildagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonuni haqida gapirib, qonunga to‘g‘ri kelmaydigan xatti-harakatlar qilmaslik zarurligini ta’kidladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3