Img
24-Aprel, 2026-yil

Sport vaziri o‘rinbosari Jizzax politexnika institutiga tashrif buyurdi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov Jizzax politexnika institutiga tashrif buyurib, talaba-yoshlar uchun sport sohasi bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida vazir o‘rinbosari institutning moddiy-texnik bazasi hamda mavjud imkoniyatlarini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, sportchi-talabalarning mashg‘ulot jarayonlari bilan tanishib, ayni paytda davom etayotgan sport musobaqalarini kuzatdi.

Sportchi talabalar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, ularga kelgusi musobaqalarda omad tiladi.

Tashrif yakunida mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamda tashkil etilayotgan sport musobaqalarida institut jamoasining faol ishtirok etayotgani alohida e’tirof etildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3