Img
27-Aprel, 2026-yil

Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasida Jizzax politexnika instituti akademik litseyi o‘quvchisi kumush medal sovrindori bo‘ldi!

🔬 Joriy yil 26-aprel kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

⏰ Yakuniy natijalarga ko‘ra, ushbu olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi jami 11 ta medal (2 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza)ni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, bu yil ikkinchi marta o‘tkazilayotgan olimpiadada dunyoning 12 davlatidan 94 nafar o‘quvchi bellashdi.

Jizzax politexnika instituti akademik litseyi Tabiiy fanlar yo‘nalishi 2-bosqich 24-05 guruhi o‘quvchisi Diyorbek Karimov ushbu nufuzli olimpiadada 🥈 kumush medal sovrindori bo‘ldi!

📊 Ma’lumot o’rnida: mintaqaviy xalqaro olimpiadalardagi medallar uchun:
 
➖ oltin medal sohibiga — 4,944 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 20,6 mln. soʻm;
➖ kumush medal sohibiga — 3,296 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 14,42 mln. soʻm;
➖ bronza medal sohibiga — 2,472 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 12,36 mln. soʻm beriladi.

👉 Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy xalqaro olimpiada sovrindorlari oliy taʼlim muassasalariga kirishda oʻz fanidan maksimal ballga ega boʻladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3