Img
28-Aprel, 2026-yil

“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali tantanali ravishda start oldi!

“Kelajak muhandislari” xalqaro festivalini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Radjabov kirish so‘zi bilan tantanali ochib berdi.

Bugun innovatsiya, ilm-fan va texnologiyalar markaziga aylangan ushbu nufuzli festival doirasida 30 ga yaqin musobaqa va tanlovlar tashkil etilib, 14 ming nafardan ortiq ishtirokchilar bir maydonda jam bo‘ldi.

Festival doirasida nufuzli xorijiy mehmonlar ham ishtirok etib, o‘z nutqlari bilan tadbir mazmunini yanada boyitdi. Jumladan:

Jonathan Freedman — AQShdagi Jahon savdo markazi prezidenti va bosh direktori;
Moez Chakchouk — Jahon muhandislik tashkilotlari federatsiyasi ijrochi direktori;
Serge Haroche — Nobel mukofoti sovrindori (Fransiya);
Akiko Fujii — BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili.

Mazkur festival 30-aprelga qadar davom etadi.

Shuningdek, mazkur xalqaro festivalda Jizzax politexnika instituti rektori Alisher Usmankulov boshchiligida institut jamoasi munosib ishtirok etmoqda.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3