Prezidentimiz tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika institutida bugun talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda Forish tumani hokimi Sohib Islamov, Forish tumani prokurori Ulug‘bek Shonazarov, Forish tumani IIB boshlig‘i Begzod Naimov, Forish tumani hokimi o‘rinbosari Elnora Ummatova, Forish tumani Bandlikka ko‘maklashish markazi bo‘limi boshlig‘i Hakim To‘ychiyev, Forish tumani Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i Furqat Yo‘ldashev, Forish tumani politexnikumi direktori Jahongir Jiyanov, Jizzax politexnika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda mas’ullar ishtirok etmoqda.
Uchrashuv davomida tuman rahbari yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib, ularning tuman taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasiga alohida urg‘u berdi.
Shuningdek, talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, sohaga oid bilimlarini yanada kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Samimiy muloqot ruhida o‘tayotgan tadbir yoshlar uchun katta motivatsiya manbai bo‘lib, ularning kasbiy yo‘nalishlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda kelajak rejalari bilan tanishishdan iborat.