Toshkent shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan 28–30 aprel kunlari o‘tkazilgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali o‘z yakuniga yetdi.
Mazkur festival yoshlar, muhandislar va innovatorlar uchun haqiqiy innovatsiyalar maydoniga aylandi. Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan yaratilgan zamonaviy texnologiyalar, ilg‘or muhandislik ishlanmalari hamda innovatsion yondashuvlar keng namoyish etildi.
Festivalning tantanali yopilish marosimida soha rahbarlari ishtirok etib, yosh muhandislarni samimiy tabrikladilar.
Shuningdek, tadbir davomida turli tanlov va musobaqalarda yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar taqdirlanib, ularga pul mukofotlari, qimmatbaho sovg‘alar hamda yetakchi kompaniyalarda amaliyot o‘tash imkoniyatlari topshirildi.
Ushbu festivalda Jizzax politexnika instituti talabalari ham munosib ishtirok etib, hamda FIRST ROBOT musobaqasida JizPI jamoasi Xitoyga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Mazkur festival yoshlarning innovatsion fikrlashini rivojlantirish, muhandislik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni xalqaro maydonga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.