Img
2-May, 2026-yil

“Yangi O‘zbekiston: Ilm qaldirg‘ochlari – 2026” talabalar V xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi

Jizzax politexnika institutida “Yangi O‘zbekiston: Ilm qaldirg‘ochlari – 2026” V xalqaro talabalar anjumani bo‘lib o‘tdi

2026-yil 2-may kuni Jizzax politexnika institutida “Yangi O‘zbekiston: Ilm qaldirg‘ochlari – 2026” nomli V xalqaro talabalar anjumani tashkil etildi (https://t.me/jizpi_online/58177).

Anjuman ikki qismdan iborat bo‘lib o‘tkazildi:
“Talabalarning ilmiy-texnik konferensiyasi”;
“Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari tanlovi”.

Ilmiy-texnik konferensiya 5 ta sho‘ba bo‘yicha, ilmiy-tadqiqot ishlari tanlovi esa 8 ta nominatsiya asosida tashkil etildi.

Mazkur xalqaro anjumanda 5 ta xorijiy davlat oliy ta’lim muassasalaridan 12 nafar vakil hamda respublikamizdagi 14 ta oliy ta’lim muassasasidan 300 nafardan ortiq iqtidorli talabalar va ularning ilmiy rahbarlari ishtirok etdi.

Anjuman davomida respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli bakalavr va magistrlarning innovatsion g‘oyalari hamda ilmiy ishlanmalarini amalga oshirishdagi muammolar va ularning yechimlari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Anjuman Respublika fan va texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri — “Energetika, energiya va resurstejamkorlik” yo‘nalishi doirasida tashkil etildi.

Yalpi yig‘ilishda:
— Qirg‘iziston DTU;
— XXRning Hebei International Studies University;
— M. Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti;
— “Uzsanoatqurilish” ATB;
— “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi;
— “Knauf Gips Buxoro” XK MCHJ;
— “Bazalt Uzbekistan” sanoat klasteri vakillari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Tanlov nominatsiyalarida xorijiy va respublika OTMlaridan 146 nafar talaba o‘z ilmiy-tadqiqot ishlari bilan qatnashdi. Ishlarni baholash jarayonida respublika OTMlari hamda ishlab chiqarish tashkilotlaridan tashrif buyurgan 8 nafar fan doktori, professor va 14 nafar PhD, dotsent ekspert sifatida faoliyat olib bordi.

Xalqaro anjumanda arxitektura va qurilish yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba-magistrlar bilan bir qatorda:
— “Uzsanoatqurilish” ATB;
— “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi;
— “Knauf Gips Buxoro” XK MCHJ;
— “Bazalt Uzbekistan” sanoat klasteri mutaxassislari ham ishtirok etib, talabalar ilmiy ishlari ekspertizasi jarayonida faol qatnashdilar.

Anjumanda “Uzsanoatqurilish” ATB, “Knauf Gips Buxoro” XK MCHJ, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda “Bazalt Uzbekistan” sanoat klasteri tomonidan tanlov g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3