Jizzax politexnika instituti 3–4-bosqich talabalari joriy yilning 20-aprelidan 30-mayiga qadar davom etadigan 6 haftalik dual ta’lim jarayoniga jalb etilgani haqida avval xabar berilgan edi . Mazkur amaliy jarayonga professor-o‘qituvchilar hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali malakali mutaxassislari biriktirilib, hududlarda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan.
Qisqa vaqt davomida talabalar va mutaxassislar tomonidan podstansiyalar, transformator punktlari, elektr tarmoqlari hamda ishlab chiqarish korxonalarining texnologik jarayonlari o‘rganildi. Shuningdek, energiya uskunalarida energiya resurslarini tejash, elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirish va samaradorlikni oshirish bo‘yicha amaliy hamda ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi.
Bugun institut rektori Alisher Usmankulov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda olib borilgan o‘rganishlarning dastlabki natijalari atroflicha tahlil qilindi. Unda kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar tomonidan viloyatning barcha tuman va shaharlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimotlar namoyish etildi hamda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Yig‘ilish davomida institut rektori tomonidan bajarilgan ishlar e’tirof etilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar va aniq topshiriqlar belgilab berildi.