2024-yil 10-sentyabr sanasida Xitoyda bo'lib turgan institut delegatsiyasi Changshu shahrida joylashgan Changshu texnologiya institutiga tashrif buyurishdi. Jadvalga asosan kunning birinchi yarmida institut delegatsiyasini Changshu texnologiya instituti Xalqaro aloqalar direktori Jao Shia kutib oldi hamda institut faoliyati bilan tanishtirdi. Kunning ikkinchi yarmida ikki OTM vakillari o'rtasida rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Chanshu texnologiya instituti vitse-prezidenti Shu Huogang so'zga chiqib o'zaro iliq aloqalar uchun Jizzax politexnika institutiga minnatdorchilik bildirdi hamda kelajakdagi hamkorlikda samarali aloqalar davom etishiga ishonch bildirdi. Uchrashuv davomida ikki OTM 2024-2025-o'quv yilidan qo'shma ta'lim dasturlarini joriy etish bo'yicha shartnomalar imzoladi, hamda o'zaro hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish bo'yicha kelishuvlarga erishildi. Uchrashuv yakunida o'zaro sovg'alar almashinildi. 👉 Batafsil: https://telegra.ph/uz-09-16-26