Img
8-May, 2026-yil

Islom sivilizatsiyasi markazi — boy meros va ilm maskani

Jizzax politexnika institutining xodimlari hamda talabalaridan iborat jamoa Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida jamoa markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur tashrif yurtimizda asrlar davomida shakllangan boy ilmiy va ma’naviy merosni chuqurroq anglash, uni zamonaviy ta’lim jarayoniga uyg‘unlashtirish hamda milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Ishtirokchilar markazning boy ekspozitsiyasi bilan yaqindan tanishib, unda namoyish etilgan noyob qo‘lyozmalar, tarixiy manbalar hamda ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shgan allomalar merosi orqali islom sivilizatsiyasining beqiyos o‘rni haqida atroflicha ma’lumot oldilar.

Ayniqsa, Qur’on qo‘lyozmalari, qadimiy kitoblar va interaktiv ko‘rgazmalar orqali taqdim etilgan materiallar tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirib, ularning ma’naviy va ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.

Tashrif yakunida jamoa Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Magic City, Ice City hamda Dream Park majmualariga ham tashrif buyurdi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3