Jizzax politexnika institutida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning zamonaviy kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etilishi hamda bitiruvchilar bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan institut rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov boshchiligida mas’ul rahbarlar ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda soha prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari hamda boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.
Uchrashuv avvalida institut rektori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari, hafta davomida kelib tushgan hujjatlar, ularning ijrosi va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, institutda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, ta’lim sifatini oshirish, kredit-modul tizimini takomillashtirish, dars mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda raqamli ta’lim texnologiyalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Talabalar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish davomida ta’lim sifati, ilmiy-tadqiqot faoliyati, xalqaro hamkorlik, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish hamda institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Maqsadli ko‘rsatkichlarning bajarilish holati ko‘rib chiqilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Bundan tashqari, zamonaviy laboratoriyalarni jihozlash, o‘quv binolarini ta’mirlash, innovatsion loyihalarni amalga oshirish, investitsiya mablag‘larini jalb etish, xalqaro grantlar va loyihalarda faol ishtirok etish hamda xorijiy hamkor tashkilotlar bilan aloqalarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilishda dual ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ham muhokama qilindi. Talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, talabalarni amaliyot bazalariga biriktirish, amaliy mashg‘ulotlar hajmini oshirish hamda mutaxassislik fanlarini ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida bitiruvchi talaba-yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni xalqaro standartlarga mos zamonaviy kasblarga o‘qitish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar sifatida tayyorlash institut faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi alohida ta’kidlandi.