Img
15-May, 2026-yil

Jizzax politexnika institutiga Qozon federal universiteti Naberejnochelninskiy instituti (filiali) direktori maslahatchisi Maxmut Masxutovich Ganiyev tashrif buyurdi

Mehmonni institut rektori Alisher Usmankulov kutib oldi.

Tashrif doirasida bitiruvchi talabalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida mehmon talabalarga Qozon federal universitetida yaratilgan ta’lim imkoniyatlari, magistratura bosqichida tahsil olish shartlari hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, Jizzax politexnika instituti va Qozon federal universiteti o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan, 1+1 magistratura dasturini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, tomonlar Jizzax politexnika instituti Avtomobilsozlik muhandislik maktabi hamda Muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3