Img
21-May, 2026-yil

Butunjahon metrologiya kuni munosabati bilan ilmiy-amaliy tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston milliy metrologiya institutida (O‘zMMI) Butunjahon metrologiya kuni munosabati bilan metrologiyaning sifat, xavfsizlik hamda innovatsion rivojlanishdagi o‘rniga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda vazirlik va idoralar, metrologiya sohasida faoliyat yuritayotgan tizim tashkilotlari, yetakchi xorijiy kompaniyalar, mahalliy hamkor tashkilotlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdilar.

Tadbirda Jizzax politexnika instituti “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va magistrantlar ZOOM platformasi orqali faol qatnashdilar.

Tadbir davomida zamonaviy metrologiyaning ilm-fan, sanoat, energetika, sog‘liqni saqlash, savdo va boshqa muhim tarmoqlardagi o‘rni, shuningdek, aniq o‘lchashlar orqali davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va jamiyat hayotida ishonchli qarorlar qabul qilishdagi ahamiyati keng muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir doirasida ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari asosida yaratilgan birlamchi nisbiy namlik birligi etalonining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi hamda “Eng yaxshi metrolog” tanlovi g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi.

Mazkur tadbir mamlakatimizda metrologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ilmiy-texnik salohiyatni yuksaltirish hamda milliy metrologiya tizimini yanada takomillashtirish borasidagi sa’y-harakatlarning amaliy ifodasi sifatida alohida ahamiyat kasb etdi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3