Jizzax politexnika instituti Qurilish muhandisligi fakulteti “Yo‘l muhandisligi” kafedrasida “Jizzax viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi” korxonasi rahbar xodimlarining “Kasbim – faxrim” mavzusida kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalari bilan uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur tadbirda kafedra mudiri professor I.G‘aniyev so‘zga chiqib, Yo‘l sohasida olib borilayotgan ishlar, chora-tadbirlarni mazmun mohiyati bilan tanishtirdi. Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali o‘rtadan yuqori daromadli mamlakatlar qatoriga qo‘shilish, xalq ehtiyojlari va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan asosiy soha ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Keyingi so‘z navbati Jizzax viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi mutaxassisi boshqarmasi mutaxassisi A.Mo‘minovga berildi. A.Mo‘minovga berildi. U o‘z so‘zida yo‘l sohasida olib borilayotgan ishlar va yangiliklar to‘g‘risida o‘z fikr mulohazalarini bildirib, talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berdi. Shuningdek, Zomin tumanida olib borilayotgan yo‘l qurilishi, viloyat hududidan o‘tuvchi pullik avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi yangiliklarni talabalarga yetkazdi. Talabalar o‘tkazilgan tadbirda kerakli ma’lumotlarni olishdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.