Img
5-Iyun, 2026-yil

Energiya samaradorligini oshirish va energiya resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda

Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali mutaxassislari bilan hamkorlikda dual ta’lim tizimi asosida hududlarda energiya samaradorligini yanada oshirish, energiya resurslarini tejash hamda ulardan oqilona foydalanishga qaratilgan ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Mazkur jarayon doirasida viloyatning shahar va tumanlariga biriktirilgan mas’ul professor-o‘qituvchilar tomonidan hududlardagi mavjud muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.

Xususan, elektr uzatish tarmoqlari, transformator punktlari hamda ishlab chiqarish korxonalaridagi elektr jihozlarining texnik holati tahlil qilinib, energiya samaradorligini oshirish, elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirish, energiya resurslaridan oqilona foydalanish va yuklamalarni optimal taqsimlash bo‘yicha o‘rganishlar amalga oshirilmoqda.

Olib borilgan tadqiqotlarning dastlabki natijalari va ishlab chiqilgan tavsiyalar tegishli mutasaddilarga taqdim etildi. Shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda energiya samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan amaliy choralar yuzasidan takliflar bildirildi.

Jizzax viloyatida energiya samaradorligini oshirish, energiya resurslarini tejash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy-amaliy o‘rganishlar izchil davom ettirilmoqda.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3