Jizzax politexnika institutida xalqaro "JizPI Yozgi Maktabi – 2026" dasturi o'z ishini boshladi.
"Ta’lim turizmi – yangi bilim, yangi tajriba" shiori ostida tashkil etilgan mazkur dastur xalqaro akademik hamkorlikni yanada mustahkamlash, talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida bilim hamda tajriba almashinuvini rivojlantirishga qaratilgan.
Dastur doirasida Qozog‘iston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasidan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar Jizzax politexnika institutiga tashrif buyurdi.
Mehmonlar yozgi maktab davomida o‘quv mashg‘ulotlari, amaliy seminarlar, mahorat darslari va madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etadilar.
Mazkur loyiha talabalarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, shuningdek, turli mamlakatlar yoshlari o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.
📅 Yozgi maktab dasturi mazkur hafta yakuniga qadar davom etadi.
🤝 Aziz mehmonlar, Jizzax politexnika institutiga xush kelibsiz!