Img
11-Iyun, 2026-yil

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Prezidentimiz tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika institutida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda Paxtakor tumani hokimi Xusan Abduvoxidov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi raisi Abdurahmon Rabbimov, institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Maxsudjon Ochilov, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, mas’ul xodimlar hamda talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
— bitiruvchilarning bandligini ta’minlash;
— mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot berish;
— yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish imkoniyatlari;
— talabalarni amaliy faoliyatga jalb etish.

Muloqot davomida yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularga rahbarlar tomonidan amaliy yechimlar va aniq javoblar berildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3