Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun qadimiy va navqiron Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.
Mazkur tashrifdan asosiy maqsad mamlakatimizning boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishtirish, ichki turizmni rivojlantirish, shuningdek, ishtirokchilarda vatanparvarlik, milliy g‘urur va tarixiy xotira tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Sayohat davomida ishtirokchilar Samarqandning eng muhim tarixiy va diqqatga sazovor maskanlarida bo‘lishdi:
🔹 Imom al-Buxoriy majmuasi;
🔹 Goʻri Amir maqbarasi;
🔹 Registon maydoni;
🔹 Islom Karimov haykali;
🔹 Islom Karimov maqbarasi;
🔹 Shohi Zinda majmuasi;
🔹 Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi;
🔹 Samarqand City majmuasi.
Tashrif davomida ishtirokchilar ushbu obidalarning yaratilish tarixi, noyob me’moriy uslublari, ularda mujassam bo‘lgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda bugungi kundagi tarixiy va ma’naviy ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Bunday sayohatlar nafaqat tarixiy bilimlarni boyitadi, balki yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga hurmat va milliy iftixor tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.