Jizzax politexnika instituti Sanoat texnologiyalari fakulteti Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish texnologiyasi kafedrasining Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash (tikuv buyumlari texnologiyasi) ta’lim yo‘nalishi 313-22 YSBKIvaT guruhlari talabalari uchun bitiruv malakaviy ishlari himoyasi ishlab chiqarish korxonasida tashkil etildi.
Mazkur himoya Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida joylashgan “Bagira Tekstil” MChJ korxonasida tashkil etildi. Jarayon davomida talabalar o‘zlarining ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari, ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflari hamda yangi turdagi kiyim assortimenti bo‘yicha ishlanmalarini taqdim etdilar.
Komissiya a’zolari tomonidan bitiruvchilarning nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, mustaqil fikrlashi hamda soha bo‘yicha egallagan kasbiy kompetensiyalari atroflicha baholandi.
Ishlab chiqarish korxonasi bazasida tashkil etilgan bunday himoyalar talabalarning amaliy tajribasini oshirish, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash hamda raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.