Joriy yilning 10-12-iyun kunlari Qozog'iston Respublikasi Ostona shahrida xalqaro IEIIC (International Embodied Intelligence Innovation Competition) robototexnika musobaqasi bo'lib o'tdi.
Musobaqada Jizzax politexnika instituti va Sujou texnologiyalar unviersiteti hamkorligidagi jamoamiz institutimiz professor o'qituvchilari Nishonov Azizbek va Rahmatov Utkirjon hamda institutimiz talabalari Sherqulov Javohir va Abdurasulov Azimjonlar bilan bir qatorda O'zbekiston, Qozog'iston va Xitoyning boshqa yetakchi universitetlari vakillari ishtirok etdi.
Xalqaro robototexnika musobaqasida hamkorlikdagi jamoamiz faxrli II o'rinni egalladi.
Tadbir yoshlarning texnik salohiyatini oshirish, jamoa bo'lib ishlash va xalqaro akademik hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan.