Jizzax politexnika instituti Iqtisodiyot va menejment kafedrasining Buxgalteriya hisobi hamda Menejment magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilari tomonidan magistrlik dissertatsiyalari himoyasi ishlab chiqarish korxonasida tashkil etildi
Himoya jarayonlari Jizzax shahrida faoliyat yuritayotgan “Zubaydullo Texno Qurilish” MChJ korxonasida tashkil etilib, unda Davlat attestatsiya hay’ati a’zolari, korxona rahbariyati va mutaxassislari hamda magistrantlar ishtirok etdilar.
Magistrantlar o‘z ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari, ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar hamda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan yechimlarni taqdim etib, hay’at a’zolarining savollariga batafsil javob berdilar.
Magistrlik dissertatsiyalari himoyasining bevosita ishlab chiqarish korxonasida tashkil etilishi ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, ilmiy ishlanmalarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda magistrantlarning kasbiy kompetensiyalarini yanada rivojlantirishga xizmat qilada.