Img
15-Iyun, 2026-yil

Tajriba almashish va yangi bilimlar sari muhim qadam

“UzAuto Motors Powertrain” AJda amalga oshirilayotgan BAM (Business Awareness Month) loyihasi doirasida korporativ madaniyatni rivojlantirish, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda xodimlarning biznes va avtomobil sanoati bo‘yicha bilimlarini oshirishga qaratilgan qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida kompaniyaning 12 nafar xodimi ilg‘or ishlab chiqarish tajribasi bilan tanishish, samarali boshqaruv va zamonaviy ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘rganish hamda tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida “BYD Uzbekistan Factory” zavodi hamda Jizzax politexnika instituti qoshidagi Avtomobilsozlik muhandislik maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ishtirokchilar avtomobilsozlik sanoatidagi zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, innovatsion texnologiyalar, ilg‘or boshqaruv yondashuvlari hamda muhandislik ta’limi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, uchrashuvlar davomida “UzAuto Motors Powertrain” AJ xodimlarining Avtomobilsozlik muhandislik maktabida qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida ishtirok etishi, shuningdek, avtomobilsozlik sanoati uchun malakali muhandis kadrlarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

Mazkur tashrif ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda avtomobil sanoatidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3