Img
17-Iyun, 2026-yil

Atom energetikasi yo‘nalishida navbatdagi muhim uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining atom energetikasi sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, muhandislik maktablarini rivojlantirish hamda yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha topshiriqlari ijrosi doirasida Jizzax politexnika instituti, Moskva shahridagi “MMFI” Milliy tadqiqot yadro universiteti (NIYaU MIFI) hamda Toshkent filiali rahbariyati ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Muzokaralar davomida atom energetikasi yo‘nalishi bo‘yicha joriy etilishi rejalashtirilayotgan “2+2” qo‘shma ta’lim dasturi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Xususan, tomonlar tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv rejalari ko‘rib chiqildi, ta’lim jarayonini tashkil etish mexanizmlari hamda talabalarni qabul qilish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mazkur dastur orqali xalqaro standartlarga mos, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot hamkorligini kengaytirish hamda ta’lim va ilm-fan integratsiyasini mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, qo‘shma ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yish hamda kelgusidagi tashkiliy masalalarni izchil amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishdilar

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3