Joriy yilning 19-iyun kuni Jizzax politexnika institutiga Janubiy Koreyaning Gyeongbuk texnoparki delegatsiyasi tashrif buyurdi.
👥 Delegatsiya tarkibidan Gyeongbuk texnoparki direktori Ha In Sung, Gyeongbuk xalqaro rivojlanish hamkorlik markazi rahbari Kim Yang Jin hamda markaz vakili Park Ki Baek o‘rin oldi.
🤝 Uchrashuvda Jizzax politexnika instituti rektori Alisher Usmankulov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Maqsud Ochilov, Avtomobilsozlik muhandislik maktabi direktori Sirojiddin Djiyanbayev, korporativ menejer Sunnat Saidov hamda Jizzax viloyati Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi rahbari va Jizzax Yoshlar texnoparki ijrochi direktori Sur’at Isomiddinov ishtirok etdilar.
🏭 Tashrif davomida mehmonlar institut huzuridagi Avtomobilsozlik muhandislik maktabi va Muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
🎓 Muzokaralar jarayonida institut bitiruvchilarini Janubiy Koreyada mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlash, E-7 mehnat vizasini olishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish, shuningdek talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun seminarlar hamda workshoplar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
🌐 Uchrashuv yakunida tomonlar ta’lim, innovatsiyalar va kadrlar tayyorlash sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar