Img
26-Iyun, 2026-yil

“26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan profilaktik tadbir o‘tkazildi

Jizzax politexnika institutida 26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan talaba-yoshlar ishtirokida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S. Eshbekova ochib berib, giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Unda Jizzax viloyat sudi raisining o‘rinbosari T. Xaydarov, Jizzax viloyat sudi sudyasi Q. Xolmurodov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi sudyalari J. Tangmatov, A. O‘rinov va M. Eshquvatov, Jizzax shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh. Qayumov, institut professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari, yoshlarni internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali noqonuniy faoliyatga jalb etish holatlarining oldini olish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, amaldagi qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport, ilm-fan va ijodga keng jalb etishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

Bu kabi uchrashuvlar talaba-yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, giyohvandlik va narkojinoyatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3