Img
26-Iyun, 2026-yil

Jizzax politexnika institutida navbatdagi Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun Jizzax politexnika instituti konferensiyalar zalida institutning navbatdagi Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda institut rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov, Ilmiy kengash a’zolari hamda mas’ul rahbar va mutaxassislar ishtirok etdi.

Kengashni institut rektori ochib berar ekan, so‘nggi vaqtlarda davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda belgilab berilgan ustuvor vazifalar va topshiriqlar mazmun-mohiyati haqida batafsil to‘xtaldi. Xususan, oliy ta’lim tizimida ilm-fan, innovatsiyalar, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, olimlar zimmasiga yuklatilayotgan dolzarb vazifalar hamda ularning ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, berilgan topshiriqlar ijrosini jadallashtirish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Ilmiy kengash kun tartibiga muvofiq quyidagi masalalar muhokama qilindi:
• fakultetlar kesimida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalarini tahlil qilish;
• aniqlangan kamchilik va muammolarni muhokama etish;
• mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni belgilash;
• istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berish.

Yig‘ilish davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli axborot va hisobotlar tinglanib, keng muhokamalar olib borildi. Muhokamalar yakunida belgilangan vazifalarning ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, Ilmiy kengash davomida xalqaro ko‘rik-tanlovda (https://t.me/jizpi_online/60511) munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan Jizzax politexnika instituti vakillari hamda IEIIC (International Embodied Intelligence Innovation Competition) xalqaro robototexnika musobaqasi sovrindorlari (https://t.me/jizpi_online/60938) taqdirlanib, ularga esdalik nishonlari topshirildi.

Yig‘ilish yakunida institut oldida turgan ustuvor vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, ta’lim, ilm-fan hamda innovatsion faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3