Jizzax politexnika instituti vakillari ta’lim, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini yanada rivojlantirish, magistrlik dissertatsiyalarining amaliy ahamiyatini oshirish maqsadida “UzTest” davlat muassasasiga tashrif buyurdilar.
Uchrashuv davomida mahsulot sifati va xavfsizligini ta’minlash, sinov laboratoriyalari faoliyatini takomillashtirish, sifat menejmenti tizimlarini rivojlantirish hamda zamonaviy standartlarni amaliyotga joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, magistrlik dissertatsiyalari mavzularini ishlab chiqarish va laboratoriyalarning amaliy ehtiyojlaridan kelib chiqib shakllantirish, magistrantlarning ilmiy ishlanmalarini laboratoriya sharoitida sinovdan o‘tkazish hamda istiqbolli natijalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Mazkur tashrif ta’lim, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlarning amaliy samaradorligini oshirish hamda raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.