Img
1-Iyul, 2026-yil

Boshqaruv samaradorligi agentligi Jizzax viloyati filiali rahbariyati Jizzax politexnika institutida bo‘ldi

Bugun Boshqaruv samaradorligi agentligi Jizzax viloyati filiali rahbariyati — filial boshlig‘i Asil Ergashev, filial boshlig‘i o‘rinbosari Baxram Yaxshibayev hamda bosh inspektor Zayniddin Beknazarov amaliy tashrif bilan Jizzax politexnika institutiga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni institut rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Maqsud Ochilov kutib olib, tashrif davomida ularga hamrohlik qildi.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari institutning Avtomobilsozlik muhandislik maktabi hamda Muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ularga ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, zamonaviy laboratoriya jihozlari, innovatsion ishlanmalar va amaliy loyihalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar o‘zaro hamkorlik doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3