Img
7-Iyul, 2026-yil

Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchi va yosh olimlari uchun seminar tashkil etildi

Jizzax politexnika institutida viloyat innovatsion rivojlanish hududiy bo‘linmasi mutaxassislari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Unda professor-o‘qituvchi va talabalarga “Akademik harakatchanlik”, xorijiy ilmiy stajirovka, “Olima ayollar”, ilmiy va startap loyihalar tanlovlari hamda “INNOX” biznes inkubatsiya dasturlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Muloqotda mutaxassislar tanlovlarda ishtirok etish tartibi va loyihalarni baholash mezonlari bo‘yicha tushuntirish berib, qatnashchilarning savollariga javob berishdi. Mazkur uchrashuv hududda ilmiy faoliyatni tizimli yo‘lga qo‘yish hamda yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2