Img
9-Iyul, 2026-yil

Jizzax politexnika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi

Bugun Jizzax politexnika institutida alohida iqtidor talab etuvchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.

Sinovlarning birinchi kunida abituriyentlar 60730100 – Arxitektura (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi uchun Chizmachilik fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirmoqda.

Imtihonlar amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda tasdiqlangan baholash mezonlari asosida ochiq, shaffof va xolis tarzda tashkil etilgan. Jarayonlarda har bir abituriyentning bilim, ko‘nikma va ijodiy salohiyati adolatli baholanmoqda.

Abituriyentlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, ular bilan birga kelgan ota-onalar va yaqinlari uchun institut hududida barcha qulayliklarga ega maxsus kutish joyi tashkil etilgan.

Mazkur hududda o‘rnatilgan monitorlar orqali ota-onalar va yaqinlar farzandlarining imtihon jarayonlarini real vaqt rejimida bevosita kuzatib borishmoqda.

Shuningdek, kasbiy (ijodiy) imtihonlarni quyidagi havola orqali onlayn tarzda real vaqt rejimida kuzatishingiz mumkin:
🎥 https://jizpi.uz/uz/live/

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3