Jizzax politexnika institutida alohida iqtidor talab etuvchi bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar belgilangan jadval asosida davom etmoqda.
Imtihonlarning ikkinchi kunida abituriyentlar 60210400 – Dizayn (kostyum dizayni) ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha Chizmatasvir va Kompozitsiya fanlaridan kasbiy (ijodiy) sinovlarni topshirmoqda.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar amaldagi me'yoriy-huquqiy hujjatlar hamda tasdiqlangan baholash mezonlari asosida ochiq, shaffof va xolis tarzda tashkil etilgan bo‘lib, har bir abituriyentning bilim, ko‘nikma va ijodiy salohiyati adolatli baholanmoqda.
Imtihon topshirayotgan abituriyentlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular bilan birga kelgan ota-onalar va yaqinlari uchun institut hududida barcha qulayliklarga ega maxsus kutish joyi tashkil etilgan.
Mazkur kutish hududida o‘rnatilgan monitorlar orqali ota-onalar farzandlarining imtihon jarayonlarini real vaqt rejimida bevosita kuzatib borish imkoniyatiga ega.
Shuningdek, kasbiy (ijodiy) imtihonlarni https://imtihon.edu.uz/ platformasi hamda https://jizpi.uz/uz/live/ sahifasi orqali onlayn tarzda jonli efirda kuzatish mumkin.